• O'zbekiston Respublikasi Namangan viloyati Namangan shahar, Nodira ko'chasi 3-uy

Yangiliklar

Yangiliklar

NAMANGANDA QARIYB 4 MILLARD SO'M MABLAG' ISTE'MOLCHILAR FOYDASIGA QAYTA HISOB-KITOB QILINDI Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Namangan viloyati hududiy birlashmasi hamda tuman (shahat) jamiyat ijro apparati raislari va xodimlari ishtirokida Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengashining navbatdagi yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Kengash yigʼilishida Namangan viloyatida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, aholining isteʼmol madaniyatini oshirish va sohada jamoatchilik nazoratini yana-da kuchaytirish borasida 2024-yilning 1- chorak i davomida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy koʼrib chiqildi. Xususan, viloyatda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga isteʼmolchilar tomonidan 507 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularning 136 tasi yozma, 371 tasi ogʼzaki, 30 tasi elektron shaklda boʼlib, barcha arizalar tegishli tartibda oʼrganib chiqilgan. Hisobot davrida hududiy birlashma va uning tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan murojaatlar sohalar kesimida koʼrib chiqilib, isteʼmolchilar manfaatlariga yetkazilgan 4 089 132,1 (To`rt milliard sakkson to`qqiz million bir yuz o`ttiz ikki ming) soʼm moddiy va maʼnaviy zararlar qayta hisob-kitob qilinishi va undirib berilishi taʼminlangan. Shuningdek, joriy yil davomida 1 ta murojaat yuzasidan isteʼmolchilarga yetkazilgan zararlarni undirish yuzasidan fuqarolik ishlari boʼyicha sudlarga daʼvo arizalari kiritilib, isteʼmolchilar manfaatlariga yetkazilgan 1 770 000 soʼm zararlar sud orqali undirilgan. Yig'ilish davomida Uchqo`rg`on tuman, Chust tuman hamda To`raqo`rg`on tuman jamiyat rasilari 1- chorak davomida amalga oshirilgan ishlar bo`yicha hisobotlari eshtildi. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga doir chora-tadbirlar ijrosi, amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda loyihalar, kelib tushgan murojaatlar va ularning yechimlari muhokama qilindi. Erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar tinglandi.

O’zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Namangan viloyati hududiy birlashmasi
Yangiliklar

SUV TA'MINOTI SOHASIDAGI SALKAM 8 MILLIARD SO'M NOREAL QARZDORLIKLAR ISTE'MOLCHILAR FOYDASIGA QAYTA HISOB-KITOB QILINDI Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Mingbuloq tuman ijro etuvchi apparatiga tumanda yashovchi aholi (isteʼmolchilar) dan suv ta'minoti sohasida juda koʻplab murojaatlar kelib tushgan. Ushbu murojaatlarda bayon etilishicha, isteʼmolchilar “Namangan suv taʼminoti” MCHJ Mingbuloq tuman boʻlimi tomonidan asossiz qarzdorliklar hisoblanilayotganidan norozi boʻlgan va vaziyatga oydinlik kiritishda jamiyatdan amaliy yordam so'ragan. Holat tuman jamiyati xodimlari tomonidan o'rganib chiqildi. Aniqlanishicha, yaqin yillargacha tuman aholisiga "Qishloq ichimlik suvi" tashkiloti tomonidan xizmat ko'rsatilgan. Iste'molchilar amalga oshirgan to'lovlar esa tashkilot tomonidan "Billing" dasturiga kiritilmagan va buning natijasida, eski noreal qarzdorliklar saqlanib qolgan. Hozirgi vaqtda aholiga “Namangan suv taʼminoti” MCHJ Mingbuloq tuman boʻlimi tomonidan xizmat ko'rsatib kelinmoqda. Jamiyat mutaxassislari sa'y-harakatlari bilan ushbu MChJ bilan hamkorlikda tumandagi 37 ta MFY dagi jami 8 768 nafar isteʼmolchilarning 7 722 171 903 (yetti milliard yetti yuz yigirma ikki million bir yuz yetmish bir ming toʻqqiz yuz uch) soʻm miqdoridagi eski mavjud noreal qarzdorliklari meʼyoriy hujjatlar asosida "Billing" dasturidan chiqarilishiga erishildi va isteʼmolchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilib berildi

SUV TA'MINOTI SOHASIDAGI SALKAM 8 MILLIARD SO'M NOREAL QARZDORLIKLAR ISTE'MO...

O’zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Namangan viloyati hududiy birlashmasi
Yangiliklar

TA’LIM SIFATI-DOLZARB MASALA!” Mingbuloq tuman jamiyati tomonidan grant loyiha doirasida “Ta'lim sifati–dolzarb masala!” mavzusida tumandagi 34-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi hodimlari o’rtasida davra suhbati o’tkazildi. Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Mingbuloq tuman ijro etuvchi apparati raisi grant loyiha rahbari Muhtorjon Mamadiyev hamda 34-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari Nishonova Shoira tomonidan Mingbuloq tumani Baland gurtepa MFY da joylashgan 34-sonli muassasada O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan “Najot-ta'lim. Najot-tarbiya. Najot bilimda“ shiori ostida o’tkazilgan grant loyiha doirasida “Ta'lim sifati–dolzarb masala!” mavzusida grant loyiha ish rejasiga asosan muassasa hodimlari o’rtasida davra suhbati tashkil etildi.  Davra suhbatidan ko'zlangan maqsad, aholi(iste’molchi)lar o'rtasida iste'mol madaniyatini oshirish, hamda grant loyihaning mazmun mohiyati amalga oshirishdagi rejalari haqida, O’zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi qonuni va 2002 yil 28-noyabrdagi 414-sonli qarori targ’iboti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini sifatli iste’mol tovarlari bilan ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023 yil      4 apreldagi PQ–110-sonli qarori ijrosini ta'minlashdan iborat. Davra suhbatida Mingbuloq tumani jamiyati raisi grant loyiha rahbari Muhtorjon Mamadiyev tomonidan sohadagi o'zgarishlar, grant loyihaning mazmun mohiyati uni amalga oshirishdagi rejalari haqida va iste'mol madaniyatini oshirish borasida alohida nutq so'zladi va tushunchalar berildi.  Mamlakatimizda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, aholi(iste’molchi)larning iste’mol madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.   Iste’molchilar huquqlarining qonun himoyasiga olinishi bozor munosabatlarini tartibga solish, tovar va xizmatlar sifati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda muhim ahamiyatga ega.   “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni bu borada muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.   Davra suhbati ishtirokchilarga grant loyiha doirasida belgilangan tarqatma materiallar qonun nusxalari tarqatildi hamda iste’molchilarni qiziqtirgan barcha savollarga jamiyat raisi hamda mutahassislar tomonidan javob berildi.

TA’LIM SIFATI-DOLZARB MASALA!”
Mingbuloq tuman jamiyati tomon...

O’zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Namangan viloyati hududiy birlashmasi
Yangiliklar

NAMANGANDA QARIYB 14 MILLARD SO'M MABLAG' ISTE'MOLCHILAR FOYDASIGA QAYTA HISOB-KITOB QILINDI Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Namangan viloyati hududiy birlashmasi Kengashining navbatdagi yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Kengash yigʼilishida Namangan viloyatida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, aholining isteʼmol madaniyatini oshirish va sohada jamoatchilik nazoratini yana-da kuchaytirish borasida 2024-yilning oʼtgan 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy koʼrib chiqildi. Xususan, viloyatda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga isteʼmolchilar tomonidan 801 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularning 189 tasi yozma, 612 tasi ogʼzaki, 49 tasi elektron shaklda boʼlib, barcha arizalar tegishli tartibda oʼrganib chiqilgan. Hisobot davrida hududiy birlashma va uning tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan murojaatlar sohalar kesimida koʼrib chiqilib, isteʼmolchilar manfaatlariga yetkazilgan 14 861 328 186 soʼm moddiy va maʼnaviy zararlar qayta hisob-kitob qilinishi va undirib berilishi taʼminlangan. Yig'ilish davomida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga doir chora-tadbirlar ijrosi, amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda loyihalar, kelib tushgan murojaatlar va ularning yechimlari muhokama qilindi. Jamiyatlar faoliyatida erishilayotgan yutuqlar, yo'l qo'yilayotgan xato-kamchiliklar yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi. Shuningdek, aholining iste'molchilik madaniyati hamda huquqiy savodxonlik darajasini oshirish bo'yicha kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan maqsad va vazifalar belgilab olindi.

NAMANGANDA QARIYB 14 MILLARD SO'M MABLAG' ISTE'MOLCHILAR FOYDASIGA QAYTA HIS...

O’zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Namangan viloyati hududiy birlashmasi
Yangiliklar

ISTEʼMOLCHINING QARZDORLIGI YAQIN 5 MILLION EMAS, 775 MING SOʻM EKANI ANIQLANDI Yangi Namangan tumani "Ishonch" MFY Bodomzor koʻchasida yashovchi Yʼ.S. Namangan shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan. Unga koʻra, elektr taʼminoti korxonasi tomonidan fuqaro xonadoniga yaqin 5 million soʻm asossiz qarzdorlik hisoblangan. Isteʼmolchi qarzdorlikka oydinlik kiritish maqsadida Yangi Namangan  elektr taʼminoti idorasiga murojaat qilgan, biroq idora mutasaddilaridan tayinli javob boʻlmagan. Namangan shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari oʻrganilganda Isteʼmolchi xonadoni oldi tomonida oʻrnatilgan elektr sim yogʻochga kimdir yoritgich oʻrnatganligi yuzasidan va elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan dalolatnoma tuzilib 4950000 soʻm jarima belgilanganligi,ushbu xonadonda uzoq vaqtdan buyon hech kim yashamasligi,qolaversa ushbu sim yogʻoch joylashgan joy isteʼmolchini kadastr hududidan tashqarida boʻlganligi,xonadon raqami isteʼmolchini ismi familiyasi notoʻgʻri koʻrsatilgan,  ushbu asossiz qarzdorlik yuzaga kelgani, isteʼmolchining elektr energiyasi toʻlovlaridan qarzi esa 775 ming 260 soʻm ekani maʼlum boʻldi. Olib borilgan oʻrganish ishlari davomida ushbu holatlar yuzasidan toʻplangan hujjatlar tuman elektr taʼminoti korxonasiga kiritilganidan soʻng, korxonadan isteʼmolchi xonadoniga hisoblangan qarzdorlik qayta hisob-kitob qilinib, ushbu summa isteʼmolchi hisob kartasidan chiqarib yuborildi.

ISTEʼMOLCHINING QARZDORLIGI YAQIN 5 MILLION EMAS, 775 MING SOʻM EKANI ANIQLANDI...

O’zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Namangan viloyati hududiy birlashmasi
Yangiliklar

🔰 Ҳозирги кунда Ўзбекистон ҳудудида: 🔹меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдори – 1 050 000 сўм (1 октябрдан ойига 1 155 000 сўм бўлади); 🔹базавий ҳисоблаш миқдори – 340 000 сўм (1 октябрдан ойига 375 000 сўм бўлади); 🔹пенсияни ҳисоблашнинг базавий миқдори – 428 000 сўм; 🔹ёшга доир энг кам пенсия – 834 000 сўм; 🔹ногиронлик пенсиялари, жумладан иш стажи тўлиқ бўлмаган чоғдаги ногиронлик пенсиясининг энг кам миқдори – 920 000 сўм; 🔹меҳнатга лаёқатсиз фуқароларга бериладиган ногиронлик нафақаси ва болаликдан ногиронлиги бўлган шахсларга бериладиган нафақа – 920 000 сўм; 🔹белгиланган ёшга доир энг кам пенсия миқдоридан (834 000 сўмдан) 920 000 сўмгача пенсия олувчиларнинг ёшга доир пенсиялари – 920 000 сўм; 🔹зарур иш стажига эга бўлмаган кекса ёшдаги фуқароларга бериладиган нафақа – 745 000 сўм; 🔹иш стажи тўлиқ бўлмаган чоғдаги ёшга доир пенсиянинг энг кам миқдори қўшимча тўловни ҳисобга олган ҳолда – 745 000 сўм.

O’zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Namangan viloyati hududiy birlashmasi
Yangiliklar

T neğiKON - Iste'molchilar Konfederatsiyasi va T TKODER - Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish assotsiatsiyasi va O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari, 2024 yil fevral oyida imzolangan protokol doirasida T Tkoder taklifi sifatida Turkiyaga kelgan O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi/, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi, Namangan viloyati kasaba uyushma qo‘mitasi, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati T TKODAR, T delegatsiyasi bilan birgalikda Turkiya va O‘zbekistonda Iste’molchi tashkilotlari iste’molchilar huquqlarini buzish holatlari yuzaga kelganda iste’molchilarga qanday imtiyozlar va yechimlar berayotgani yuzasidan o‘zaro fikr almashildi va amalga oshirish misollari keltirildi. Biz uchun muhim jihat shundaki, O‘zbekistondagi iste’molchilar jamiyatiga a’zo bo‘lgan iste’molchilar sudda xarajatlarni to‘lamaydi, a’zo bo‘lmaganlar esa jiddiy xarajatlarni to‘laydi. Assotsiatsiya a'zolari ham o'z badallarini muntazam ravishda to'laydilar. Keling, biz uchun ham xuddi shunday deylik. Tukoder va Oʻzbekiston delegatsiyasi 2024/fevral oyida boʻlib oʻtgan muzokaralarda qaror qabul qilingan Turkiya respublikalarida isteʼmolchi tashkilotlari uyushmasini tashkil etish borasidagi saʼy-harakatlari koʻrib chiqildi. Bizni Istanbulda qabul qilgan Tukoder Bakırköy filialiga, shahar hokimi Dr.Ayshegül Ovalio Tlu va uning jamoasiga bizni har qanday logistika yordami bilan ta'minlaganliklari uchun hamda vitse-prezidentimiz Adv.U bizur Dündar va uning jamoasiga bizni mehmon qilgani uchun minnatdorchilik bildiramiz.

O’zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Namangan viloyati hududiy birlashmasi
Yangiliklar

NAMANGANDA QARIYB 18 MILLARD SO'M MABLAG' ISTE'MOLCHILAR FOYDASIGA QAYTA HISOB-KITOB QILINDI O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J.Sarimsoqov boshchiligida Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Namangan viloyati hududiy birlashmasi Kengashining navbatdagi yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Kengash yigʼilishida Namangan viloyatida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, aholining isteʼmol madaniyatini oshirish va sohada jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish borasida 2024-yilning oʼtgan 1 yili davomida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy koʼrib chiqildi. Xususan, viloyatda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga isteʼmolchilar tomonidan 1079 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularning 292 tasi yozma, 787 tasi ogʼzaki, 124 tasi elektron shaklda boʼlib, barcha arizalar tegishli tartibda oʼrganib chiqilgan. Hisobot davrida hududiy birlashma va uning tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan murojaatlar sohalar kesimida koʼrib chiqilib, isteʼmolchilar manfaatlariga yetkazilgan 17 931 713 749 soʼm moddiy va maʼnaviy zararlar qayta hisob-kitob qilinishi va undirib berilishi taʼminlangan. Yig'ilish davomida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga doir chora-tadbirlar ijrosi, amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda loyihalar, kelib tushgan murojaatlar va ularning yechimlari muhokama qilindi. Jamiyatlar faoliyatida erishilayotgan yutuqlar, yo'l qo'yilayotgan xato-kamchiliklar yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi. Shuningdek, aholining iste'molchilik madaniyati hamda huquqiy savodxonlik darajasini oshirish bo'yicha kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan maqsad va vazifalar belgilab olindi.

O’zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Namangan viloyati hududiy birlashmasi
Yangiliklar

Namanganda qariyb 17 milliard so‘m iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi. Namangan viloyati hududiy birlashmasi Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, aholining iste’mol madaniyatini oshirish hamda sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish borasida 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi. Shuningdek, yig‘ilishda korrupsiyaga qarshi kurashish, ish faoliyatida tanish-bilishchilik, manfaatlar to‘qnashuvi va boshqa salbiy holatlarga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha mas’ullarga qat’iy ogohlantirishlar berildi. Ma’lum qilinishicha, hisobot davrida viloyatdagi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga jami 1 253 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 298 tasi yozma, 955 tasi og‘zaki bo‘lib, 288 ta murojaat elektron shaklda yuborilgan. Barcha murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, tegishli choralar ko‘rilgan. Hududiy birlashma hamda tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan murojaatlar sohalar kesimida o‘rganilib, iste’molchilar manfaatlariga yetkazilgan 16 milliard 921 million 691 ming 836 so‘m miqdoridagi moddiy va ma’naviy zarar qayta hisob-kitob qilinib, iste’molchilar foydasiga undirib berilishi ta’minlandi. Yig‘ilishda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga doir chora-tadbirlar ijrosi, amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar va loyihalar, murojaatlar hamda ularning yechimlari muhokama qilindi. Shuningdek, jamiyatlar faoliyatida erishilgan yutuqlar va mavjud kamchiliklar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. 2025-yilda erishilgan muhim yutuqlardan biri sifatida Namangan viloyati hududiy birlashmasi uchun yangi bino foydalanishga topshirilgani alohida e’tirof etildi. Shu bilan birga, 2026-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar — iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ishlarini yanada samarali tashkil etish, aholining huquqiy savodxonligi va iste’molchilik madaniyatini oshirish, murojaatlar bo‘yicha tezkor va adolatli yechimlarni ta’minlash masalalari ham ko‘rib chiqildi. Tadbir yakunida 2025-yil yakunlari bo‘yicha eng namunali tuman va shahar jamiyatlari raislari federatsiya tomonidan rag‘batlantirildi hamda mukofotlar topshirildi.

O’zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Namangan viloyati hududiy birlashmasi