• O'zbekiston Respublikasi Namangan viloyati Namangan shahar, Nodira ko'chasi 3-uy

Yangiliklar

2024-07-08

NOSOZ MUZLATGICH SIFATLISIGA ALMASHTIRILDI Namangan viloyati Yangiqo'rgoʻn tumani "Gaiston" MFYda yashovchi fuqaro S.A Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilib, sotib olingan nuqsonli mahsulotni almashtirib olishda yordam soʻragan. Аniqlanishicha, fuqaro tomonidan Namangan shahrida joylashgan “Isfarxon” savdo doʻkonidan “Premier” rusumli muzlatgich sotib olingan. Biroq unda turli nosozliklar kuzatilib, bir necha marta servis xizmati koʻrsatilishiga qaramasdan, ishlamagan. Isteʼmolchining nosoz mahsulotni almashtirish haqidagi talablari esa sotuvchi tomonidan rad etilgan. Murojaatni oʻrganish jarayonida sotuvchiga Oʻzbekiston Respublikasi “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq, sotuvchi va ishlab chiqaruvchining kafillik majburiyatlari yuzasidan tushuntirishlar olib borildi va muzlatgich isteʼmolchi xohishi bilan xuddi shu rusumdagisiga almashtirib berildi.

NOSOZ MUZLATGICH SIFATLISIGA ALMASHTIRILDI

Namangan viloyati Yangiqo'rgoʻn tumani "Gaiston" MFYda yashovchi fuqaro S.A Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilib, sotib olingan nuqsonli mahsulotni almashtirib olishda yordam soʻragan. 

Аniqlanishicha, fuqaro tomonidan Namangan shahrida joylashgan “Isfarxon” savdo doʻkonidan “Premier” rusumli muzlatgich sotib olingan. Biroq unda turli nosozliklar kuzatilib, bir necha marta servis xizmati koʻrsatilishiga qaramasdan, ishlamagan.  Isteʼmolchining nosoz mahsulotni almashtirish haqidagi talablari esa sotuvchi tomonidan rad etilgan.

Murojaatni oʻrganish jarayonida sotuvchiga Oʻzbekiston Respublikasi “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq, sotuvchi va ishlab chiqaruvchining kafillik majburiyatlari yuzasidan tushuntirishlar olib borildi va muzlatgich isteʼmolchi xohishi bilan xuddi shu  rusumdagisiga almashtirib berildi.