2025-02-07
Namanganda 3 yarim milliard so'm mablag' iste'molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi Davlatobod tumanidagi 24 ta MFY hamda “Namangan Musaffo Iqlim” MCHJ Davlatobod tuman filiali oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-noyabrdagi PF5580-sonli Qaroriga asosan ommaviy shartnoma tuzilgan. Ammo qish mavsumida havo haroratining sovishi va gaz tanqisligining yuzaga kelishi sababli, MChJ maxsus texnikalari yoqilgʻi bilan ta'minlanmagan. Shu bois, 2024-yilning iyun, avgust, sentyabr, oktyabr, noyabr, dekabr va 2025-yil yanvar oylarida qatnov grafigi boʻyicha aholiga toʻliq va sifatli xizmat koʻrsatilmagan.