O'zbekiston Respublikasi Namangan viloyati Namangan shahar, Nodira ko'chasi 3-uy
Bosh sahifa
Biz haqimizda
Xodimlar
Yangiliklar
Media
Fotogalereya
Videogalereya
Bog'lanish
O’zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Namangan viloyati hududiy birlashmasi
RU
Uz
Ru
En
O’zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Namangan viloyati hududiy birlashmasi
Telefon
+998999999999
Email
info@istemol.uz
Manzil
O'zbekiston Respublikasi Namangan viloyati Namangan shahar, Nodira ko'chasi 3-uy
Yangiliklar
Bosh sahifa
Yangiliklar
2025-02-10
Admin
Namangan viloyati Davlatobod tumanida 3 yarim milliard so'm mablag' iste'molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi
asd.Boshqa yangiliklar
Admin
Namanganda qariyb 17 milliard so‘m iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi. Namangan viloyati hududiy birlashmasi Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, aholining iste’mol madaniyatini oshirish hamda sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish borasida 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi. Shuningdek, yig‘ilishda korrupsiyaga qarshi kurashish, ish faoliyatida tanish-bilishchilik, manfaatlar to‘qnashuvi va boshqa salbiy holatlarga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha mas’ullarga qat’iy ogohlantirishlar berildi. Ma’lum qilinishicha, hisobot davrida viloyatdagi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga jami 1 253 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 298 tasi yozma, 955 tasi og‘zaki bo‘lib, 288 ta murojaat elektron shaklda yuborilgan. Barcha murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, tegishli choralar ko‘rilgan. Hududiy birlashma hamda tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan murojaatlar sohalar kesimida o‘rganilib, iste’molchilar manfaatlariga yetkazilgan 16 milliard 921 million 691 ming 836 so‘m miqdoridagi moddiy va ma’naviy zarar qayta hisob-kitob qilinib, iste’molchilar foydasiga undirib berilishi ta’minlandi. Yig‘ilishda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga doir chora-tadbirlar ijrosi, amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar va loyihalar, murojaatlar hamda ularning yechimlari muhokama qilindi. Shuningdek, jamiyatlar faoliyatida erishilgan yutuqlar va mavjud kamchiliklar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. 2025-yilda erishilgan muhim yutuqlardan biri sifatida Namangan viloyati hududiy birlashmasi uchun yangi bino foydalanishga topshirilgani alohida e’tirof etildi. Shu bilan birga, 2026-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar — iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ishlarini yanada samarali tashkil etish, aholining huquqiy savodxonligi va iste’molchilik madaniyatini oshirish, murojaatlar bo‘yicha tezkor va adolatli yechimlarni ta’minlash masalalari ham ko‘rib chiqildi. Tadbir yakunida 2025-yil yakunlari bo‘yicha eng namunali tuman va shahar jamiyatlari raislari federatsiya tomonidan rag‘batlantirildi hamda mukofotlar topshirildi.
Admin
Kuni kecha Toshkent shahar hududiy birlashmasi raisi boshchiligidagi delegatsiya o'zaro tajriba almashish uchun Namangan viloyatida bo‘lib, hududiy birlashma va To'raqo'rg'on tuman jamiyati faoliyati bilan tanishdi. Xususan, o'rganishlar davomida Toʻraqoʻrgʻon tuman jamiyatidagi "Isteʼmolchilar uyi" binosi hamda jamiyat faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, isteʼmolchilarning murojaatlari bilan ishlash hamda hamkor tashkilotlar hisoblangan xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash tizimidagi faollar bilan birgalikda olib borilayotgan ishlar hamda monitoring oʻrganishlar olib borish toʻgʻrisida atroflicha malumot almashildi. Toshkent shahar hududiy birlashmasi tuman jamiyatlari bilan birgalikda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining “Respublikaning iqtisodiy tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p qavatli uy-joy fondini 2024-2025-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarining bajarilish holatini jamoatchilik tartibida o‘rganish va aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli vakolatli davlat organlariga takliflar kiritish to‘g‘risida"gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganishlar olib borildi.
Admin
Namanganda 1 milliard so'm mablag' iste'molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi Mingbuloq tumanidagi 17 ta MFY hamda “Namangan Musaffo Iqlim” MCHJ Mingbuloq tuman filiali oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-noyabrdagi PF5580-sonli Qaroriga asosan ommaviy shartnoma tuzilgan. Lekin qish mavsumida havo haroratining sovishi va gaz tanqisligining yuzaga kelishi sababli, MChJ maxsus texnikalari yoqilgʻi bilan ta'minlanmagan. Shu bois, 2024-yilning iyul, avgust, sentyabr, oktyabr, noyabr, dekabr va 2025-yil yanvar oylarida qatnov grafigi boʻyicha aholiga toʻliq va sifatli xizmat koʻrsatilmagan.