Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Namangan viloyati hududiy birlashmasi Kengashining navbatdagi yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Kengash yigʼilishida Namangan viloyatida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, aholining isteʼmol madaniyatini oshirish va sohada jamoatchilik nazoratini yana-da kuchaytirish borasida 2024-yilning oʼtgan 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy koʼrib chiqildi.
Xususan, viloyatda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga isteʼmolchilar tomonidan 801 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularning 189 tasi yozma, 612 tasi ogʼzaki, 49 tasi elektron shaklda boʼlib, barcha arizalar tegishli tartibda oʼrganib chiqilgan.
Hisobot davrida hududiy birlashma va uning tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan murojaatlar sohalar kesimida koʼrib chiqilib, isteʼmolchilar manfaatlariga yetkazilgan 14 861 328 186 soʼm moddiy va maʼnaviy zararlar qayta hisob-kitob qilinishi va undirib berilishi taʼminlangan.
Yig'ilish davomida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga doir chora-tadbirlar ijrosi, amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda loyihalar, kelib tushgan murojaatlar va ularning yechimlari muhokama qilindi. Jamiyatlar faoliyatida erishilayotgan yutuqlar, yo'l qo'yilayotgan xato-kamchiliklar yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi. Shuningdek, aholining iste'molchilik madaniyati hamda huquqiy savodxonlik darajasini oshirish bo'yicha kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan maqsad va vazifalar belgilab olindi.