• O'zbekiston Respublikasi Namangan viloyati Namangan shahar, Nodira ko'chasi 3-uy

Yangiliklar

2024-08-27

Salkam ikki yarim million so'mlik nuqsonli televizor bepul ta'mirlab berildi Toʻraqoʻrgʻon tuman Parosmon MFY da yashovchi fuqaro G.A. tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan. Unda keltirilishicha, fuqaro Toʻraqoʻrgʻon tumanida joylashgan savdo do’konidan 2 320 000 so’mga "Samsung" rusumli televizor sotib olgan, biroq uni kafolat muddati tugamay ba'zi kamchiliklari, ya'ni ko’rsatish sifati pastligi ma'lum bo'lgan. Shu sababli, iste'molchi savdo do’konidan tovarni yangisiga almashtirish yoki ta`mirlab berishini so’ragan. Do’kon xodimlari esa almashtirib berish va ta`mirlab berishdan bosh tortgan. Ushbu masalalar yuzasidan fuqaroning murojaati, Toʻraqoʻrgʻon tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan batafsil o’rganib chiqilib, savdo do’koni rahbariga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirib o’tildi va nosoz televizor mas’ul servis tomonidan bepul ta’mirlab berildi.