2024-05-06
NAMANGANDA QARIYB 4 MILLARD SO'M MABLAG' ISTE'MOLCHILAR FOYDASIGA QAYTA HISOB-KITOB QILINDI Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Namangan viloyati hududiy birlashmasi hamda tuman (shahat) jamiyat ijro apparati raislari va xodimlari ishtirokida Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengashining navbatdagi yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Kengash yigʼilishida Namangan viloyatida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, aholining isteʼmol madaniyatini oshirish va sohada jamoatchilik nazoratini yana-da kuchaytirish borasida 2024-yilning 1- chorak i davomida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy koʼrib chiqildi. Xususan, viloyatda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga isteʼmolchilar tomonidan 507 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularning 136 tasi yozma, 371 tasi ogʼzaki, 30 tasi elektron shaklda boʼlib, barcha arizalar tegishli tartibda oʼrganib chiqilgan. Hisobot davrida hududiy birlashma va uning tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan murojaatlar sohalar kesimida koʼrib chiqilib, isteʼmolchilar manfaatlariga yetkazilgan 4 089 132,1 (To`rt milliard sakkson to`qqiz million bir yuz o`ttiz ikki ming) soʼm moddiy va maʼnaviy zararlar qayta hisob-kitob qilinishi va undirib berilishi taʼminlangan. Shuningdek, joriy yil davomida 1 ta murojaat yuzasidan isteʼmolchilarga yetkazilgan zararlarni undirish yuzasidan fuqarolik ishlari boʼyicha sudlarga daʼvo arizalari kiritilib, isteʼmolchilar manfaatlariga yetkazilgan 1 770 000 soʼm zararlar sud orqali undirilgan. Yig'ilish davomida Uchqo`rg`on tuman, Chust tuman hamda To`raqo`rg`on tuman jamiyat rasilari 1- chorak davomida amalga oshirilgan ishlar bo`yicha hisobotlari eshtildi. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga doir chora-tadbirlar ijrosi, amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda loyihalar, kelib tushgan murojaatlar va ularning yechimlari muhokama qilindi. Erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar tinglandi.