O'zbekiston Respublikasi Namangan viloyati Namangan shahar, Nodira ko'chasi 3-uy
Bosh sahifa
Biz haqimizda
Xodimlar
Yangiliklar
Media
Fotogalereya
Videogalereya
Bog'lanish
O’zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Namangan viloyati hududiy birlashmasi
RU
Uz
Ru
En
O’zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Namangan viloyati hududiy birlashmasi
Telefon
+998999999999
Email
info@istemol.uz
Manzil
O'zbekiston Respublikasi Namangan viloyati Namangan shahar, Nodira ko'chasi 3-uy
Yangiliklar
Bosh sahifa
Yangiliklar
2024-04-29
Admin
asd.Boshqa yangiliklar
Admin
7 MILLION 600 MING SO'M PUL ISTE'MOLCHIGA QAYTARILDI Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Uychi tuman ijro etuvchi apparatiga "Beruniy" MFYda yashovchi fuqaro J.Q.dan ogʻzaki murojaat kelib tushgan. Unga koʻra, fuqaro Uychi tuman markazidagi savdo kompleksida joylashgan doʻkonlarning biridan 7 600 000 soʻmlik yugurish yoʻlakchasi xarid qilgan. Undan foydalanganda ushbu tovar sifat darajasida emasligi ma'lum bo'lgach, doʻkon xodimlari bilan bogʻlangan, doʻkon xodimlari esa tovarni qaytarib olmasligini va texnik servis ko'rigidan o'tkazishini aytgan. Lekin oradan ancha vaqt oʻtsa hamki, servis xodimlari xaridorning uyiga bormagan va oʻzi boshqa servis xizmatidan foydalanishga majbur boʻlgan. Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Uychi tumani jamiyati tomonidan ushbu murojaat atroflicha oʻrganilib, isteʼmolchiga toʻlov qilgan puli qaytarib berildi.
Admin
SALKAM 4 MILLION SO'M PUL MABLAG'I ISTE'MOLCHIGA QAYTARILDI Fargʻona viloyat Buvayda tumanida yashovchi fuqaro А.K. Namangan viloyati Davlatobod tumani “Yashil dehqon bozori” hududida joylashgan doʻkondan “LG” rusumli muzlatgichni 3 800 000 soʻmga sotib olgan. Аmmo koʻp vaqt oʻtmay, muzlatgichning yaxshi sovutmasligi maʼlum boʻlgach, isteʼmolchi bir necha marotaba tadbirkorga mahsulot pulini qaytarib berishni soʻrab murojaat qilgan. Tadbirkor esa turli bahonalar bilan rad javobini bergan. Bundan norozi boʻlgan fuqaro Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasining 1091 raqamli ishonch telefoniga murojaat qiladi. Mazkur murojaat boʻyicha Davlatobod tuman ijro etuvchi apparati xodimlari tomonidan oʻrganish oʻtkazilib, savdo doʻkoni sotuvchisiga amaldagi qonun hujjatlari talablari doirasida tegishli tushuntirishlar berildi. Natijada, sifatsiz muzlatgich savdo doʻkoniga topshirilib, toʻlangan 3 million 800 ming soʻm pul mablagʻi isteʼmolchiga toʻliq qaytarib berildi.
Admin
SUV TA'MINOTI SOHASIDAGI SALKAM 8 MILLIARD SO'M NOREAL QARZDORLIKLAR ISTE'MOLCHILAR FOYDASIGA QAYTA HISOB-KITOB QILINDI Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Mingbuloq tuman ijro etuvchi apparatiga tumanda yashovchi aholi (isteʼmolchilar) dan suv ta'minoti sohasida juda koʻplab murojaatlar kelib tushgan. Ushbu murojaatlarda bayon etilishicha, isteʼmolchilar “Namangan suv taʼminoti” MCHJ Mingbuloq tuman boʻlimi tomonidan asossiz qarzdorliklar hisoblanilayotganidan norozi boʻlgan va vaziyatga oydinlik kiritishda jamiyatdan amaliy yordam so'ragan. Holat tuman jamiyati xodimlari tomonidan o'rganib chiqildi. Aniqlanishicha, yaqin yillargacha tuman aholisiga "Qishloq ichimlik suvi" tashkiloti tomonidan xizmat ko'rsatilgan. Iste'molchilar amalga oshirgan to'lovlar esa tashkilot tomonidan "Billing" dasturiga kiritilmagan va buning natijasida, eski noreal qarzdorliklar saqlanib qolgan. Hozirgi vaqtda aholiga “Namangan suv taʼminoti” MCHJ Mingbuloq tuman boʻlimi tomonidan xizmat ko'rsatib kelinmoqda. Jamiyat mutaxassislari sa'y-harakatlari bilan ushbu MChJ bilan hamkorlikda tumandagi 37 ta MFY dagi jami 8 768 nafar isteʼmolchilarning 7 722 171 903 (yetti milliard yetti yuz yigirma ikki million bir yuz yetmish bir ming toʻqqiz yuz uch) soʻm miqdoridagi eski mavjud noreal qarzdorliklari meʼyoriy hujjatlar asosida "Billing" dasturidan chiqarilishiga erishildi va isteʼmolchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilib berildi