• O'zbekiston Respublikasi Namangan viloyati Namangan shahar, Nodira ko'chasi 3-uy

Yangiliklar

2024-07-04

Bola tabassumi – olam bezagi Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir. Oʻzbekistonda ham farzandlarimiz ana shunday mehr-muhabbat, ulkan gʻamxoʻrliklar ogʻushida voyaga yetmoqda. Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi, hududiy birlashmalari va tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan respublika bo`ylab jamiyatning yosh iste`molchilari bo`lgan bolajonlarning manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan turli tadbirlar muntazam o`tkazib kelinmoqda. Kuni kecha 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi suv sportiga ixtisoslashtirilgan sport maktabida "Sog`lom bola - yurt tayanchi" shiori ostida sport tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Davlatobod tuman jamiyati xodimlari va hamkor tashkilotlar ishtirok etishdi. Tadbir so`ngida suv sporti bo`yicha yuqori natijalarga erishgan oʻquvchilarga va ularning murabbiylariga turli sovgʻalar topshirildi.

Bola tabassumi – olam bezagi

Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir.

Oʻzbekistonda ham farzandlarimiz ana shunday mehr-muhabbat, ulkan gʻamxoʻrliklar ogʻushida voyaga yetmoqda. Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi, hududiy birlashmalari va tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan respublika bo`ylab jamiyatning yosh iste`molchilari bo`lgan bolajonlarning manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan turli tadbirlar muntazam  o`tkazib kelinmoqda.  

Kuni kecha 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi suv sportiga ixtisoslashtirilgan sport maktabida "Sog`lom bola - yurt tayanchi" shiori ostida sport tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Davlatobod tuman jamiyati xodimlari va hamkor tashkilotlar ishtirok etishdi.  

Tadbir so`ngida suv sporti bo`yicha yuqori natijalarga erishgan oʻquvchilarga va ularning murabbiylariga turli sovgʻalar topshirildi.