2025-03-04
Mingbuloq tumanida o'quv seminari o'tkazildi Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Mingbuloq tuman jamiyati tomonidan 15- hamda 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 15-mart – Butunjahon isteʼmolchilar huquqlari kuniga bagʻishlangan o'quv seminari tashkil etildi. Unda tuman jamiyati xodimlari tomonidan tizimda amaldagi isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida yigʻilganlarga batafsil maʼlumotlar berildi. Shuningdek, iste'molchilik ijtimoiy harakatining mustaqil O‘zbekistonda mazkur harakatning vujudga kelishi, taraqqiy topishi hamda bugungi holati to‘g‘risida atroflicha axborotlar berib o‘tildi. Tadbir so'nggida yig’ilish ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislardan javob olishdi.