• O'zbekiston Respublikasi Namangan viloyati Namangan shahar, Nodira ko'chasi 3-uy

Yangiliklar

2025-02-06

Namanganda 1 milliard so'm mablag' iste'molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi Mingbuloq tumanidagi 17 ta MFY hamda “Namangan Musaffo Iqlim” MCHJ Mingbuloq tuman filiali oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-noyabrdagi PF5580-sonli Qaroriga asosan ommaviy shartnoma tuzilgan. Lekin qish mavsumida havo haroratining sovishi va gaz tanqisligining yuzaga kelishi sababli, MChJ maxsus texnikalari yoqilgʻi bilan ta'minlanmagan. Shu bois, 2024-yilning iyul, avgust, sentyabr, oktyabr, noyabr, dekabr va 2025-yil yanvar oylarida qatnov grafigi boʻyicha aholiga toʻliq va sifatli xizmat koʻrsatilmagan.